date

Qishki bo‘ron oqibatida AQSHda favqulodda holat

Qishki bo‘ron oqibatida AQSHda favqulodda holat

Qo‘shma Shtatlarda kuchli qor bo‘roni oqibatida minglab aholi elektr ta’minotisiz qoldi. PowerOutage.us ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakat bo‘ylab 428 mingdan ortiq fuqaro elektrsiz qolgan.

Fox News xabar berishicha, noqulay ob-havo sharoiti aviatsiya sohasiga ham jiddiy ta’sir ko‘rsatgan. Oxirgi to‘rt kun ichida Amerika aviakompaniyalari 16 mingdan ziyod reyslarni bekor qilishga majbur bo‘lgan.

The Washington Post tarqatgan ma’lumotga ko‘ra esa, qishki bo‘ron sabab AQSHning kamida 22 shtatida favqulodda holat rejimi joriy etilgan. Bugun ertalab mamlakatning janubi-sharqiy hududlarida muzli yomg‘ir yog‘ishi kuzatilgan.

Milliy ob-havo xizmatiga ko‘ra, Kanzas-Siti shahri 24 yanvar kuni so‘nggi 70 yil ichidagi eng yuqori kunlik qor yog‘ish ko‘rsatkichini qayd etgan. Qor qalinligi taxminan 13 santimetrni tashkil etgan bo‘lib, avvalgi rekord 5,5 santimetr atrofida bo‘lgan.

Sinoptiklar bashoratiga ko‘ra, yaqin kunlarda ham AQSHning bir qator hududlarida qor yog‘ishi va muzlash davom etadi. Bu esa elektr ta’minotidagi uzilishlar va transport harakatida qiyinchiliklarni yanada kuchaytirishi mumkin. Fox News ma’lumoticha, bo‘ron yana bir necha kun saqlanib qolishi kutilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Qishki bo‘ron oqibatida AQSHda favqulodda holat