date

Islomoboddagi masjidga terakt: ISHID mas’uliyatni oldi

Islomoboddagi masjidga terakt: ISHID mas’uliyatni oldi

Islom davlati (ISHID) terrorchilik tashkiloti Pokiston poytaxti Islomobod shahrida joylashgan masjidda sodir etilgan va 30 nafardan ortiq inson hayotiga zomin bo‘lgan qonli hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olganini ma’lum qildi.

Bu haqda ABC News nashri ISHIDga yaqin bo‘lgan Amaq News Agency manbasiga tayanib xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, hujumni amalga oshirgan shaxs masjid hududiga yetib kelib, uni asosiy darvoza oldida to‘xtatishga harakat qilgan qo‘riqchilar tomon o‘q uzgan. Shundan so‘ng u o‘ziga bog‘langan portlovchi moddalar joylashtirilgan kamarni portlatgan.

Qayd etilishicha, terroristik hujum kecha ro‘y bergan. Oqibatda halok bo‘lganlardan tashqari, portlash natijasida yana 169 nafar kishi turli darajada jarohat olgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Islomoboddagi masjidga terakt: ISHID mas’uliyatni oldi