Britaniyaning Daily Mirror nashri RF prezidenti Vladimir Putinning og‘ir bolaligi haqida "Ko‘cha bezorisi: xarobadan chiqqan bosqinchi qanday qilib Rossiya prezidenti bo‘ldi" nomli maqolasini chop etdi, deb yozadi Kun.uz.
Nashr muxbiri Endi Layns Peterburgda bo‘lg‘usi siyosatchi voyaga etgan uyni topishga muvaffaq bo‘ldi va uning uzoq tanishi bilan muloqot qildi. Jurnalist Putinning "ko‘chalarda bandalar kezib, shafqatsiz ziddiyatlar oddiy hol bo‘lgan, bolalar esa ochlikdan o‘layotgan bir davrda" dunyoga kelganini ta’kidlagan.
Putinning yoshligi
"Bunday nochor sharoitda yashagan odamning bir kun kelib dunyoning eng badavlat va qudratli kishilaridan biriga aylanishiga ishonish qiyin", - deydi Daily Mirror muxbiri.
Britaniyalik muxbir Putinning ismini oshkor qilishni istamagan do‘stini topdi. U Daily Mirror'ga og‘ir sharoitlarda kechgan hayot qanday qilib bo‘lg‘usi prezidentning tabiatini charxlagani to‘g‘risida so‘zlab bergan.
"U shu ko‘chalarda yashashni o‘rgangan. Bu ayovsiz maktab edi - unda faqat eng kuchlilargina omon qolishi mumkin edi. Bu unga hamma narsaning iloji borligiga ishonish imkonini berdi", - deydi Putinning do‘sti.
Baskov tor ko‘chasi, 12. Shu uyning to‘rtinchi qavatida Putin yashagan. Foto: Daily Mirror
Vladimir Putinning Qora dengizdagi saroyi
Nashrning aniqlashicha, Putin yashagan kommunal kvartirada kalamushlar juda ko‘p bo‘lgan va ularni o‘ldirish yosh Volodyaning zimmasiga yuklatilgan.
"Men Putinning "hech qachon kalamushni burchakka taqama" deb aytganini ko‘p marta eshitganman, - deydi Putinning tanishi.
Xorij jurnalisti Vladimir Putin yashagan kvartiraga kirmoqchi bo‘ldi, biroq bunga ruxsat berishmadi.
"Prezidentning to‘rtinchi qavatdagi sobiq uyi hozirda boshqa oila tomonidan band qilingan. Biz eshikni muloyim taqillatdik va Putin o‘sgan xonani ko‘rishga ruxsat so‘radik. Bizga "yo‘q" degan javob berildi, keyin esa qarg‘ishga o‘tildi va biz ketdik", - deydi muxbir.
Prezidentning yana bir uzoq yillik tanishi muxbirga Putinning maktab yillari haqida so‘zlab berdi.
"Bu juda shafqatsiz joy edi, Putin yoshlik paytida yomon bola bo‘lgan. U yoshlardan iborat bandaga qo‘shilgan va bu oson bo‘lmagan. Bu juda-juda yomon tuman bo‘lgan va bu erda jinoiy guruhlar ko‘p bo‘lgan", - deydi uning maktabdoshi.
Putin tahsil olgan 193-sonli maktab. Foto: Daily Mirror
Nashr versiyasiga ko‘ra, banda rahbari qo‘lga olinganidan keyin Putinga aql kirib, sport bilan shug‘ullanishni boshlagan - avval boks bilan, keyin esa dzyudo va sambo. 18 yoshida u Peterburg chempioni bo‘lgan.
"Uning otasi dengizchi bo‘lgan va urushgacha suv osti qayiqlarida xizmat qilgan. Keyin esa u Davlat xavfsizlik qo‘mitasiga (KGB) ishga o‘tgan. Urushdan omon chiqqan askarlar orasida Putinning otasi ham bo‘lgan.
U jiddiy jarohat olgan va Peterburgga qaytganida zavodda past maosh to‘lanadigan ish bilan ta’minlashgan.
Uning onasi bir necha joyda ishlagan, ayolning bajaradigan ishlari asosan xona tozalash bilan bog‘liq edi. Aytishlaricha, bu qiyin davr bo‘lgan, lekin onasi o‘z ishini yaxshi ko‘rgan", - deydi Putinning tanishi.
Aytishlaricha, Putin «Surgutneftegaz» neft kompaniyasining 37 foizi va «Gazprom»ning 4,5 foizini nazorat qilar ekan Foto: Getty Images
Britaniya tabloidining yozishicha, Putin bo‘lg‘usi kasbini o‘smirlik chog‘idayoq tanlagan: aynan o‘shanda u josus bo‘lishga qaror qilgan. Prezidentning tanishlaridan birining aytishicha, "yosh Volodya" har kuni shahar parkida "KGB belgilarini" tekshirgan.
"Qo‘shnilardan biri parkdagi o‘rindiqqa saqich yopishtirib, uning ustidan kulmoqchi bo‘lgan. U buni xuddi KGB uchun maxfiy paroldek bajargan va Putin bunga ishongan", - deydi uning uzoq yillik tanishi.
Putin ota-onasi Mariya va Vladimir Putin bilan Germaniyaga ketish oldidan, 1985 yil
Daily Mirror'da ta’kidlanishicha, bo‘lg‘usi prezident Germaniyadagi KGB rezidenturasidagi faoliyati va Berlin devori qulashidan so‘ng o‘z karerasini tugallash haqida o‘ylagan. Bu uning 40 yoshida taksi haydovchisi bo‘lmoqchi bo‘lganligi kabi barchaga ma’lum fakt. Biroq nashrga ko‘ra, Putinning yuqori mansabdagi amaldorlar bilan tanishuvi uning karerasini keskin o‘zgartirib yuborgan.
"O‘zining kalamushlarcha ayyorligidan foydalanib, o‘n yildan keyin bu inson Rossiya prezidenti bo‘ldi", - deya ta’kidlaydi nashr muxbiri.
Vladimir Putinning o‘quvchilik yillari (4-qator, chapdan ikkinchi), 1966 yil, Sankt-Peterburg
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»