date

Tailandda yovvoyi fillar xavfi: 30 kishi halok bo‘ldi

Tailandda yovvoyi fillar xavfi: 30 kishi halok bo‘ldi

Tailandda odamlar va yovvoyi fillar o‘rtasidagi xavfli to‘qnashuvlarni kamaytirish maqsadida fillar uchun maxsus nazorat vaksinalarini qo‘llash boshlandi. Bu haqda Euronews xabar qildi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 2025 yilda mamlakatda yovvoyi fillar sabab 30 nafar inson halok bo‘lgan, 29 kishi esa turli darajada jarohat olgan. Shu bilan birga, fillar tomonidan ekin maydonlariga zarar yetkazilishi bilan bog‘liq 2 mingdan ortiq holat qayd etilgan.

Mutaxassislar ma’lum qilishicha, yovvoyi fillar sonining yillik o‘sish sur’ati taxminan 8,2 foizni tashkil etmoqda. Bu odatdagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan qariyb ikki barobar yuqori. Hozirda mamlakatda 4 400 atrofida yovvoyi fil mavjud bo‘lib, ularning 800 tasi mojarolar tez-tez yuz berayotgan hududlarda yashaydi.

Hukumat tomonidan AQSHda ishlab chiqarilgan 25 doza vaksina olib kelingan va 7 ta xonakilashtirilgan filda ikki yil davomida sinov o‘tkazilgan. Tajribalar ijobiy natija bergani aytilmoqda.

Mazkur tashabbus fermerlar tomonidan o‘rmonlar kesilib, qishloq xo‘jaligi yerlari kengayayotgan bir paytda, oziq-ovqat izlab aholi yashash hududlariga chiqib qolyotgan fillar bilan bog‘liq xavfli vaziyatlarni yumshatishga qaratilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Tailandda yovvoyi fillar xavfi: 30 kishi halok bo‘ldi