Xitoy dengiz-piyoda qo‘shinlari sonini hozirgi 20 ming harbiy xizmatchidan 100 minggacha oshirishni rejalashtirmoqda. Bu muhim dengiz kommunikasiyalari va xorijdagi manfaatlarning ortib borayotgani bilan bog‘liq, deb yozmoqda Kun.uz sayti.
Xabar qilinishicha, kontingentning bir qismi Jibuti va Pokiston janubi-g‘arbidagi Gvadarda joylashadi.
Manbalarning nashrga xabar berishicha, hozirgi qo‘shinlarning ikki brigadasi dengiz-piyoda qo‘shinlari tarkibiga kiritilgan hamda uning sonini qariyb ikki baravarga oshirdi.
"Xitoy xalq-ozodlik armiyasining dengiz-piyoda qo‘shinlari soni 100 mingga qadar oshiriladi va olti brigadadan iborat bo‘ladi", - deya manbaning so‘zlaridan iqtibos keltirgan nashr. Uning so‘zlariga ko‘ra, harbiy-dengiz kuchlari soni ham oshadi – 15 foizga (ayni damda HDK soni 235 ming kishini tashkil etadi).
Harbiy ekspert Li Szening ma’lum qilishicha, dengiz-piyoda qo‘shinlari odatda Xitoyning dengizga yaqin hududlarida bo‘lgan, shuning uchun u nisbatan kamsonli bo‘lgan.
"Tayvan bilan ehtimoliy mojarodan tashqari, Xitoy xalq-ozodlik armiyasining dengizdagi missiyasi xorijda ham bo‘lishi mumkin, bu Xitoyning Koreya yarim orolidagi xavfsizlik manfaatlarini himoya qilishga yo‘naltirilgan bo‘ladi", - deya taxmin qildi ekspert.
2016 yilning fevralida Xitoy Jibutida harbiy baza qurilishi haqida ma’lum qildi. Hozircha u erda joylashadigan harbiy xizmatchilar soniga oydinlik kiritilmadi, biroq matbuotda paydo bo‘lgan ma’lumotlarga qaraganda, bazada taxminan 10 ming kishi joylashadi.
Gvadar porti esa Fors ko‘rfazidan neftni tashishda asosiy yo‘lak sanaladi hamda u Xitoyning mablag‘lari evaziga qurilgan. Xabar qilinishicha, portda Xitoy armiyasi ob’ektlari bo‘lmaydi, biroq harbiy kemalari joylashtiriladi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi
Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi
Iroq U-23 ustozi Radhi Shenaishil: "Qo‘l ostimdagi barcha futbolchilar Olimpiadaga borishga munosib"
Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi
Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi
Ronaldu "Al Nassr"ni Qirol kubogi finaliga olib chiqdi
“Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi?