date

Kanberrada bosh vazir qarorgohidan bomba tahdidi bilan evakuatsiya qilindi

Kanberrada bosh vazir qarorgohidan bomba tahdidi bilan evakuatsiya qilindi

Avstraliya Bosh vaziri — Entoni Albaneze xavfsizlikka doir jiddiy tahdid haqidagi xabarlar ortidan Kanberra shahrida joylashgan rasmiy qarorgohidan shoshilinch ravishda evakuatsiya qilindi.

Mahalliy News.com.au nashri ma’lum qilishicha, evakuatsiyaga bino ichiga qo‘yilgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan portlovchi moslama haqidagi qo‘ng‘iroq — ya’ni bomba tahdidi sabab bo‘lgan.

Shuningdek, ABC telekanali xabariga ko‘ra, tahdid to‘liq bartaraf etilguniga qadar Entoni Albaneze bir necha soat davomida maxsus qo‘riqlanadigan xonalardan biriga joylashtirilgan.

Hodisa yuzasidan huquq-tartibot idoralari tomonidan binoda keng ko‘lamli va puxta tekshiruv ishlari olib borildi. Qidiruv natijasida hech qanday shubhali buyum yoki portlovchi qurilma aniqlanmagan.

Australia Police tarqatgan rasmiy bayonotda hozirgi vaqtda jamoat xavfsizligiga nisbatan hech qanday real tahdid mavjud emasligi qayd etildi. Shu bilan birga, voqea sabablari bo‘yicha qo‘shimcha tekshiruv ishlari davom ettirilayotgani ma’lum qilindi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Kanberrada bosh vazir qarorgohidan bomba tahdidi bilan evakuatsiya qilindi