date

Futbol janjali er-xotin fojiasiga sabab bo‘ldi

Futbol janjali er-xotin fojiasiga sabab bo‘ldi

Joriy yil 22 fevral kuni Italiya A seriyasi doirasida "Atalanta" va "Napoli" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvni tomosha qilish paytida oilaviy janjal fojiali hodisa bilan yakunlandi. Ushbu o‘yin Seriya A musobaqasi doirasida bo‘lib o‘tgan.

Mahalliy huquq-tartibot idoralari ma’lum qilishicha, 40 yoshli erkak uchrashuvni uyida televizor orqali kuzatayotgan bo‘lgan. VAR tizimi tomonidan “Napoli” foydasiga belgilangan penalti qarorining bekor qilinishi ortidan u qattiq hissiyotga berilib, ekran qarshisida baland ovozda haqoratli iboralar ishlatgan.

Uning yaqinida bo‘lgan 35 yoshli turmush o‘rtog‘i esa aytilgan gaplarni o‘z shaxsiga qaratilgan deb qabul qilgan. Shu sababli er-xotin o‘rtasida og‘zaki tortishuv boshlanib, qisqa vaqt ichida u jismoniy to‘qnashuvga aylanib ketgan.

Xabar qilinishicha, ayol avvalo eri tomon qaychi otgan, keyin esa oshxona pichog‘i bilan uning yon qismiga pichoq urgan. Hodisa joyiga yetib kelgan politsiya xodimlari erkak tanasida bir nechta pichoq jarohatlari borligini qayd etgan.

Jabrlanuvchi zudlik bilan shifoxonaga olib ketilib, unga zarur tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Shifokorlar uning hayotiga xavf yo‘qligini ma’lum qildi.

Ayol qo‘lga olingan, hodisa yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, mazkur bahsda “Napoli” jamoasi 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Futbol janjali er-xotin fojiasiga sabab bo‘ldi