Hizbulloh Isroilga raketa va dron zarbalarini uyushtirdi

Isroil Mudofaa vazirligi xabar qilishicha, Hizbulloh tomonidan Isroilga yo‘naltirilgan hujum raketa va dronlar orqali amalga oshirilgan.
Hizbulloh bayonotida aytilishicha, bu harakat Ali Hominaiyning o‘ldirilishi uchun qasos hisoblanadi. Isroil harbiylari ma’lumotiga ko‘ra, guruh tomonidan otilgan snaryadlar Isroil hududidagi ochiq maydonlarga tushgan.
Shundan so‘ng, Isroil Mudofaa vazirligi Bayrutda Hizbullohning yuqori martabali a’zolariga qarshi aniq zarba berganini e’lon qildi. Harbiylar bayonotida ta’kidlanishicha:
“Hizbulloh Livan davlatini emas, balki Eron rejimini tanladi va tinch aholimizga hujum qildi. Biz tayyor edik — ular buning uchun katta tovon to‘laydi.”
Keyinroq, vazirlik Livanning bir necha hududida Hizbullohning qurol omborlari va infratuzilmasini yo‘q qilishini ham ma’lum qildi.
Shuningdek, Al-Arabia xabar berishicha, Isroil zarbasi natijasida Hizbullohning siyosiy bo‘limi rahbari Muhammad Raad halok bo‘lgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!