date

Kislotali yomg‘ir Markaziy Osiyoga yetib kelishi mumkinmi?

Kislotali yomg‘ir Markaziy Osiyoga yetib kelishi mumkinmi?

Ijtimoiy tarmoqlarda Eron osmonida "kislotali bulutlar" paydo bo‘lgani va ular Markaziy Osiyo mamlakatlariga ham yetib kelib, kislotali yomg‘irga sabab bo‘lishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalmoqda. Mutaxassislar bu ma’lumotlar ilmiy asosga ega emasligini ta’kidlamoqda.

Ma’lum qilinishicha, kislotali yog‘inlar atmosferada oltingugurt oksidlari (SO₂) va azot oksidlari (NO₂) uzoq vaqt davomida to‘planib, bulutlardagi suv bug‘i bilan kimyoviy reaksiyaga kirishishi natijasida paydo bo‘ladi. Bunday holatlar odatda yirik sanoat hududlari yoki to‘g‘ridan to‘g‘ri chiqindilar chiqariladigan joylar atrofida kuzatiladi.

Mutaxassislar tushuntirishicha, havo massalari uzoq masofaga ko‘chishi jarayonida ifloslantiruvchi moddalar miqdori atmosferadagi aralashish va cho‘kish jarayonlari ta’sirida tez kamayib ketadi. Shu bois manbadan minglab kilometr uzoqlikda xavfli darajadagi kislotali yog‘inlar shakllanishi deyarli mumkin emas.

Shuningdek, yog‘inlar asosan mahalliy bulutlar shakllanishi bilan bog‘liq bo‘ladi. Ya’ni yomg‘ir yoki qor hudud ustidagi atmosferada mavjud suv bug‘i va aerozollar asosida hosil bo‘ladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Kislotali yomg‘ir Markaziy Osiyoga yetib kelishi mumkinmi?