date

Donald Trampning shifoxonaga yotqizilgani haqida xabarlar tarqaldi

Donald Trampning shifoxonaga yotqizilgani haqida xabarlar tarqaldi

Internet tarmoqlarida AQSH prezidenti Donald Trampning shifoxonaga yotqizilgani haqida xabarlar tarqaldi, ammo rasmiy manbalar bu ma’lumotni rad qildi.

Oq uyning kommunikatsiyalar bo‘yicha direktori Stiven Chung 4 aprel, shanba kuni AQSH prezidentining shifoxonaga yotqizilgani haqida tarqalgan OAV xabarlariga rasman javob berdi. U o‘z ijtimoiy tarmoq sahifasida:

“Hech bir prezident Amerika xalqi uchun Trampdan ko‘proq mehnat qilmagan. U Pasxa dam olish kunlari Oq uy va Oval kabinetda tinimsiz faoliyat ko‘rsatdi. Xudo uni asrasin,” — deb yozdi.

Chungning fikriga ko‘ra, Trampning shifoxonaga yotqizilgani haqidagi xabarlar "fitna nazariyasi"dan boshqa narsa emas.

Mish-mishlar, shanba kuni Tramp omma oldida ko‘rinmaganidan so‘ng paydo bo‘ldi. Bu ko‘pchilikni hayratda qoldirdi, chunki odatda u dam olish kunlarida Mar-a-Lagoda golf o‘ynab, dam olishni odat qilib olgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Donald Trampning shifoxonaga yotqizilgani haqida xabarlar tarqaldi