Ho‘rmuz bo‘g‘ozi bahsi AQSH-Eron muzokaralarini to‘sib qo‘ymoqda

1 daqiqa o'qish1.1K
Ho‘rmuz bo‘g‘ozi bahsi AQSH-Eron muzokaralarini to‘sib qo‘ymoqda

Foto: Xinhua News

Xalqaro siyosiy jarayonlarda AQSH va Eron o‘rtasidagi muzokaralar yana-da murakkablashib, “boshi berk ko‘cha”ga kirib qolgani haqida Financial Times xabar bermoqda. Bunga asosiy sabab sifatida Xo‘rmuz bo‘g‘ozi atrofidagi nazorat masalasi ko‘rsatilmoqda.

Manbalarga ko‘ra, Pokistonda o‘tkazilgan AQSH–Eron muzokaralarida aynan ushbu strategik yo‘lak bo‘yicha kelishmovchilik saqlanib qolmoqda. Tehron tomoni bo‘g‘oz ustidan to‘liq nazoratni o‘z qo‘lida saqlash va undan o‘tadigan kemalardan to‘lov undirish niyatida ekanini bildirgan. Shu bilan birga, Eron taraf Ho‘rmuzni birgalikda boshqarish haqidagi taklifni qatʼiy rad etmoqda.

Maʼlumotlarga ko‘ra, 11 aprel kuni Islomobodda AQSH va Eron delegatsiyalari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tgan. Amerika tomonidan muzokaralarda vitse-prezident Jey Di Vens, maxsus vakil Stiv Uitkoff hamda Donald Trampning kuyovi Jared Kushner ishtirok etgan. Eron delegatsiyasi esa parlament raisi Muhammad Boqir G‘olibof va tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi bilan namoyon bo‘lgan.

Xabarlarda aytilishicha, Vashington va Tehron o‘rtasida muzokaralar uchun vaziyatni yumshatish maqsadida vaqtinchalik o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga ham erishilgan. Shu bilan birga, Eron tomonidan taqdim etilgan o‘n bandli takliflar paketi kelgusidagi ehtimoliy kelishuvlar uchun asos sifatida ko‘rib chiqilishi mumkin.

Hozircha esa Ho‘rmuz bo‘g‘ozi atrofidagi bahs muzokaralar yo‘lini yana-da qiyinlashtirib, tomonlar o‘rtasidagi kelishuvni kechiktirmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?