Rossiya AZAL yo‘lovchi samolyoti halokati bo‘yicha tovon to‘lashga kelishdi

1 daqiqa o'qish1.3K
Rossiya AZAL yo‘lovchi samolyoti halokati bo‘yicha tovon to‘lashga kelishdi

Ozarbayjon va Rossiya tashqi ishlar vazirliklari qo‘shma bayonot berib, 2024 yil dekabr oyida yuz bergan AZAL yo‘lovchi samolyoti halokati yuzasidan asosiy masalalar bo‘yicha kelishuvga erishilganini ma’lum qildi.

Bayonotga ko‘ra, fojia oqibatlari, jumladan tovon to‘lovlari bilan bog‘liq masalalar ham tartibga solingan. Biroq tomonlar kelishuvning batafsil shartlarini ochiqlamagan.

Ikki davlat ushbu qarorni o‘zaro hamkorlik va ittifoqchilik aloqalarini yanada mustahkamlashga qaratilgan muhim qadam sifatida baholagan.

Eslatib o‘tamiz, 2024 yil 25 dekabr kuni Boku–Grozniy yo‘nalishida uchayotgan AZAL aviakompaniyasining Embraer E190 samolyoti Qozog‘istonning Oqtov shahri yaqinida halokatga uchragan. Hodisada 38 kishi halok bo‘lib, 29 yo‘lovchi omon qolgan edi.

Keyinchalik Rossiya prezidenti Vladimir Putin samolyot Rossiya havo mudofaasi tomonidan tasodifan urib tushirilganini tan olgan edi. Ushbu voqea ortidan Moskva va Boku o‘rtasidagi diplomatik munosabatlarda sovuqlik yuzaga kelgan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?