12:10 / 06.04.2017
6 553

Tadqiqotchilar turli vaqtlarda olingan suratlarni birlashtirishni o‘rgandi (video)

Tadqiqotchilar turli vaqtlarda olingan suratlarni birlashtirishni o‘rgandi (video)
Google va Vashington universiteti tadqiqotchilari turli yillar davomida turli odamlar tomonidan internetda chop qilingan suratlarni birlashtirish imkonini beruvchi algoritm yaratdi, deb xabar beradi «Meduza»ga asoslanib "Sof.uz" nashri.

Ular fotoxostinglardagi 86 millionta suratdan iborat baza yaratdi. Keyin suratlar olingan joyga qarab guruhlarga ajratib chiqildi va davriy ketma-ketlik bo‘yicha joylashtirildi.

Shundan so‘ng, har bir kadrlar ketma-ketligi uchun bittadan asosiy surat tanlanadi. Algoritm asosiy suratga asoslanib boshqa rasmlarni kesadi, masshtabini va rangini o‘zgartiradi. Yakunda o‘ziga xos kadrlar ketma-ketligi hosil bo‘ladi.

Tadqiqotchilar faqat mingdan ortiq surat topilgan joylarni tanlab oldi. Minglab suratlardan iborat kadrlar ketma-ketligini bir kompyuterda yaratish uchun taxminan 6 soat vaqt ketadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tadqiqotchilar turli vaqtlarda olingan suratlarni birlashtirishni o‘rgandi (video)