78 yoshli erkak Nyu-York marafonida 43-marta marraga yetib, barchani hayratda qoldirdi

78 yoshli erkak Nyu-York marafonida 43-marta marraga yetib, barchani hayratda qoldirdi

AQSHda o‘tkazilgan Nyu-York marafonida 78 yoshli Jeyms Tomasning ishtiroki ko‘pchilikning e’tiborini tortdi. U 42,2 kilometrlik masofani qariyb 14 soatda bosib o‘tib, musobaqa tarixidagi 43-marafonini muvaffaqiyatli yakunladi.

Qizig‘i, Tomas bu yilgi musobaqada marraga yetib kelgan eng oxirgi ishtirokchi bo‘ldi. U 1 noyabr kuni ertalab yo‘lga chiqqan va kechki soat 23:20 atrofida Nyu-Yorkning Markaziy bog‘idagi marra chizig‘ini kesib o‘tgan.

Uni kutib turgan muxlislar va tashkilotchilar qariyani qarsaklar bilan kutib olishdi. Qariyb 14 soat davom etgan yugurishdan keyin unga ham boshqa ishtirokchilar qatorida faxriy medal topshirildi.

Ma’lum bo‘lishicha, Jeyms Tomas birinchi marta 1980 yilda Nyu-York marafonida qatnashgan. Shundan buyon u ushbu musobaqada 43 marta marraga yetishga muvaffaq bo‘lgan. 2026 yilgi marafon esa uning so‘nggi ishtiroki bo‘lishi kutilmoqda.

Tomasning aytishicha, insonning xohishi va jismoniy imkoniyatlari bir-biriga mos kelishi muhim. Uning fikricha, aql davom etishni istashi mumkin, ammo buning uchun tana ham kuch topishi kerak.

78 yoshli erkakning qariyb yarim asr davomida marafonga bo‘lgan qiziqishini saqlab qolgani va navbatdagi musobaqani ham oxirigacha yakunlagani ko‘pchilik uchun o‘rnak bo‘ldi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar