date

Eron Mujtabo Xomanaiy jarohatlari haqida ilk bor batafsil ma'lumot ochiqladi

Eron Mujtabo Xomanaiy jarohatlari haqida ilk bor batafsil ma'lumot ochiqladi

Eron rasmiylari uzoq vaqtdan beri muhokamalar markazida bo‘lib kelayotgan masalaga aniqlik kiritdi. Mamlakatdagi nufuzli shaxslardan biri — Mujtabo Xomanaiyning sog‘lig‘i bilan bog‘liq holat yuzasidan ilk bor batafsil ma’lumot taqdim etildi.

Al Arabiya xabar berishicha, 28 fevral kuni sodir bo‘lgan havo hujumi chog‘ida Mujtabo Xomanaiy zarba to‘lqini ta’sirida muvozanatini yo‘qotib, yerga yiqilgan. Oqibatda u tizza va bel qismida jarohat olgan. Shuningdek, quloq orqasida yengil kesma qayd etilgani ham ma’lum qilindi.

Rasmiy manbalarga ko‘ra, uning bel qismidagi jarohat deyarli to‘liq tuzalgan. Tizzadagi shikast esa hali davolanish jarayonida bo‘lib, tez orada to‘liq sog‘ayishi kutilmoqda. Quloq orqasidagi yengil jarohat esa jiddiy emas va tashqi ko‘rinishda deyarli sezilmaydi.

Oliy rahbar devoni vakillari Mujtabo Xomanaiyning umumiy ahvoli barqaror ekanini, u davlat ishlarini kuzatish va muhim jarayonlarda ishtirok etishda davom etayotganini ta’kidladi. Ular turli mish-mish va taxminlarga o‘rin qoldirmaslikka chaqirdi.

Shu bilan birga, AQSH tomonidan bildirilgan fikrlar vaziyatga yanada qiziqish uyg‘otdi. Jumladan, Pit Hegset Mujtabo Xomanaiyning tashqi qiyofasida o‘zgarish bo‘lgan bo‘lishi mumkinligini aytgan. Uning bu fikri so‘nggi vaqtlarda Mujtaboning omma oldida ko‘rinmayotgani bilan izohlangan.

Bundan tashqari, Donald Tramp ham uning tirikligi haqidagi savollarga aniq javob bermagan holda, turli ehtimollarni istisno etmaganini bildirgan.

Biroq rasmiy Tehron bu kabi da’volarni qat’iy rad etib, Mujtabo Xomanaiyning sog‘lig‘i yuzasidan xavotirga hech qanday asos yo‘qligini ta’kidlamoqda. Eron tomoniga ko‘ra, tarqatilayotgan ayrim xabarlar asossiz bo‘lib, voqelikka to‘g‘ri kelmaydi.

Mazkur holat atrofidagi qarama-qarshi bayonotlar esa xalqaro maydondagi axborot urushi va siyosiy ziddiyatlar qanchalik kuchli ekanini yana bir bor ko‘rsatmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Eron Mujtabo Xomanaiy jarohatlari haqida ilk bor batafsil ma'lumot ochiqladi