
Google qidiruv tizimida ingliz tilida uchinchi jahon urushi ("world war 3") haqidagi so‘rovlar soni tarixiy maksimumga etdi. 2004 yildan buyon qidiruv so‘rovlari chastotasini tahlil qilib keluvchi Google Trends veb-ilovasi ma’lumotlari shundan dalolat beradi, deb yozadi Kun.uz nashri.
Dastlab foydalanuvchilar AQShning Suriya aviabazasiga bergan raketa zarbalari va bunga Moskvaning javob bayonotiga eng ko‘p qiziqish bildirishgan. Shundan so‘ng AQSh va KXDR o‘rtasidagi mojarolar fonida bu qo‘rquv yanada kuchaydi, deyiladi International Business Times'da.
"Uchinchi jahon urushi"dan tashqari, "Tramp urush" ("Trump war") va "Suriya urush" ("Syria war") kabi so‘rovlar ham rekord darajalarni qayd etdi.
Google Trends'ga ko‘ra, bundan oldin uchinchi jahon urushi haqidagi so‘rov eng ko‘p qayd qilingan vaqt 2015 yilning noyabriga to‘g‘ri keladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar