Uy ichida ilon sichqon ovlayotgani tasvirga tushdi

Ijtimoiy tarmoqlarda uy ichida ilon sichqonlarni ovlayotgani aks etgan noodatiy video keng tarqalmoqda. Kadrlarda sudralib yuruvchi jonivor xonadon ichida sichqonlarni tutib, uy egasiga “yordam berayotgani” tasvirlangan.
Foydalanuvchilar ushbu holatga turlicha munosabat bildirishmoqda. Ayrimlar videoni qo‘rqinchli deb baholagan bo‘lsa, boshqalar buni “eng tabiiy va samarali zararkunanda yo‘q qiluvchi” deb hazil aralash izohlashmoqda. Hatto ba’zilar endi sichqon tutqichga hojat yo‘qligini yozib qoldirishgan.
Video qisqa vaqt ichida internetda keng tarqalib, ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘ldi. Mutaxassislar esa bunday holatlar har doim ham xavfsiz emasligini, uy sharoitida yovvoyi jonivorlarni nazoratsiz qoldirish ehtiyotkorlikni talab qilishini eslatishmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!