“Ishqiy munosabatlar” orqali teraktga yollangan ayol

Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FXX) Moskvada Mudofaa vazirligining yuqori martabali harbiy xizmatchisiga qarshi tayyorlanayotgan teraktning oldi olinganini ma’lum qildi.
Idora xabariga ko‘ra, ushbu ish doirasida 2001 yilda tug‘ilgan Rossiya fuqarosi bo‘lgan ayol qo‘lga olingan. FXX uning Ukraina maxsus xizmatlari bilan hamkorlik qilganini da’vo qilmoqda.
Ma’lum qilinishicha, ayol 2024 yilda WhatsApp orqali yollangan. Unga Moskva va Sankt-Peterburgdagi ayrim obyektlar haqida ma’lumot to‘plash, harbiy xizmatchining yashash manzili va avtomobilini kuzatish hamda olingan ma’lumotlarni Ukrainadagi koordinatordan biriga yetkazish vazifasi yuklatilgan.
FXXning ta’kidlashicha, ayol ijara xonadonini teraktni amalga oshirishi rejalashtirilgan shaxs uchun tayyorlagan. Shuningdek, xizmat vakillari uni topshiriqlarni bajarishga jalb qilishda ukrainalik koordinator o‘zini unga nisbatan his-tuyg‘ulari bor inson sifatida tanishtirib, ishqiy munosabatlarni davom ettirishni va’da qilganini bildirgan.
Rossiya FXX ushbu holat yuzasidan tergov ishlari davom etayotganini ma’lum qildi.































Izohlar 0
…