Nogironlar aravachasidagi erkak daryoga tushib ketdi

Nogironlar aravachasidagi erkak daryoga tushib ketdi

Xitoyning Szinan shahrida yuz bergan voqea ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Nogironlar aravachasida harakatlanayotgan erkak ehtiyotsizlik oqibatida aravachasi bilan birga to‘satdan daryoga tushib ketgan.

Hodisani ko‘rgan atrofdagi sayyohlar va guvohlar bir zum ham ikkilanmay yordamga oshiqdi. Bir necha kishi suvga sakrab, erkakning boshi suv ostida qolib ketmasligini ta’minlagan bo‘lsa, qirg‘oqdagilar qo‘l ushlashib tirik zanjir hosil qilgan. Hamjihatlikdagi sa’y-harakatlar natijasida erkak ham, uning nogironlik aravachasi ham suvdan sog‘-salomat olib chiqildi.

Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, qutqarib qolingan erkak hodisa vaqtida mast holatda bo‘lgan. Shunga qaramay, voqea guvohlarining birdamligi va tezkor harakati ko‘plab internet foydalanuvchilari tomonidan olqishlanmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar