Lamin Yamal sevgilisi Ines Garsiya bilan qanday tanishgan?

So‘nggi paytlarda ko‘plab muxlislar Lamin Yamalning nafaqat maydondagi o‘yini, balki fe’l-atvorida ham sezilarli o‘zgarish kuzatilayotganini ta’kidlamoqda. Xo‘sh, yosh futbolchining bu qadar vazmin va ishonchli bo‘lib qolishiga nima sabab bo‘ldi?
Ma’lumotlarga ko‘ra, Lamin va Ines Garsiya Santos dastlab internet orqali tanishgan. Ular uchrashishdan avval uzoq vaqt yozishib yurgan, munosabatlari esa 2026 yil boshida boshlangan. Biroq futbolchi bu haqda uzoq vaqt davomida ommaga hech qanday ma’lumot bermagan.
21 yoshli Ines Garsiya Santos Ispaniyaning Sevilya shahrida tug‘ilgan taniqli bloger hisoblanadi. U moda, go‘zallik va sayohat mavzularida kontent tayyorlaydi. Ines kamtarinligi, xotirjamligi hamda shaxsiy hayotini omma e’tiboridan chetda saqlashga intilishi bilan tanilgan.

Muxlislarning fikricha, aynan Ines bilan tanishganidan keyin Yamal hayotida yangi bosqich boshlangan. Ilgari maydon tashqarisidagi voqealar bilan tez-tez muhokamalarga sabab bo‘lib turadigan futbolchi bugun ancha bosiq va vazmin ko‘rinmoqda.
Bu o‘zgarish uning maydondagi harakatlarida ham sezilayotgandek. Yamal o‘yin davomida yanada ishonchli harakat qilmoqda, muhim vaziyatlarda esa qarorlarni xotirjam qabul qilayotgani ko‘pchilikning e’tiborini tortmoqda. Ines esa imkon qadar muhim uchrashuvlarda tribunadan uni qo‘llab-quvvatlab kelmoqda.

Albatta, futbolchining muvaffaqiyatlarini faqat sevgi bilan bog‘lash to‘g‘ri bo‘lmaydi. Biroq muxlislar Yamal Ines bilan tanishganidan so‘ng hayotda ham, futbolda ham yanada xotirjam va bosiqroq ko‘rina boshlaganini ta’kidlamoqda. Balki uning hayotida aynan shunday insonning paydo bo‘lishi ijobiy o‘zgarishlarga turtki bergandir.






























Izohlar 0
…