Pikasso kartinasi narkosavdogarlar uyida qanday paydo bo‘ldi?

Pikasso kartinasi narkosavdogarlar uyida qanday paydo bo‘ldi?

Fransiyada giyohvand moddalar savdosi ishi doirasida o‘tkazilgan tintuv paytida dunyoga mashhur rassom Pablo Pikassoning yo‘qolgan kartinasi topildi. Bu voqea Parijning janubi-sharqiy chekkasida — Shampini-syur-Marn  shahrida sodir bo‘ldi.

Pikassoning asari Parijdagi san’at buyumlarini saqlash omboridan o‘g‘irlangan. Kartina aslida kolleksioner singapurlik ayolga tegishli bo‘lgan. O‘g‘irlikda gumon qilinayotganlardan biri o‘sha omborda qo‘riqchilik qilgan.

Ushbu kartinaning rasmiy nomi hali oshkor etilmagan, lekin ekspertlar tomonidan tasdiqlangan.

Le Parisien gazetasining xabar berishicha, Pablo Pikassoning kartinasidan tashqari, politsiya uydan giyohvand modda, qimmatbaho kiyimlar va bir necha ming yevro naqd pulni musodara qilgan.

Pikasso asarlari uzoq yillardan beri o‘g‘irlarning "sevimli" nishoni bo‘lib kelmoqda. Bu holat yana bir bor san’at asarlarining xavfsizligi yetarlicha ta’minlanmaganini va qora bozordagi harakati davom etayotganini ko‘rsatmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar