Tailandlik haydovchining insoniyligi ko‘pchilikni hayratga soldi

Tailandlik taksi haydovchisi rossiyalik ayol yo‘lovchidan yo‘l haqini olmay, uni belgilangan manzilga bepul olib bordi va mamlakatda rossiyalik opa-uka o‘ldirilganidan afsusda ekanini bildirdi. Bu insoniy munosabat ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilindi. 26 iyul kuni 22 yoshli Diana Nazimova va uning 17 yoshli ukasi Roman Nazimov mototsiklini qo‘lga kiritmoqchi bo‘lgan ikki nafar mahalliy jinoyatchi tomonidan o‘ldirilgani aniqlangan.
Tailandda taksi haydovchisi rossiyalik ayol yo‘lovchidan yo‘l haqini olishdan bosh tortdi. Bunga yaqinda mamlakatda yuz bergan rossiyalik opa-uka bilan bog‘liq mudhish qotillik sabab bo‘lgan.
Haydovchi ayolni belgilangan manzilga mutlaqo bepul olib borib, unga hamdardlik bildirib, sodir bo‘lgan fojiadan chuqur afsusda ekanini aytgan. Uning bu insonparvarligi ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, 26 iyul kuni 22 yoshli Diana Nazimova va uning 17 yoshli ukasi Roman Nazimov bedarak yo‘qolgandi. Oradan ko‘p o‘tmay, ular mototsiklini qo‘lga kiritish maqsadida ikki nafar mahalliy jinoyatchi tomonidan o‘ldirilgani aniqlandi. Huquq-tartibot organlari gumonlanuvchilarni qo‘lga olib, ular jinoyatni sodir etganini tan olganini ma’lum qildi.
Mazkur fojiadan so‘ng Tailand bosh vaziri xorijlik sayyohlardan rasmiy ravishda uzr so‘rab, mamlakatda sayyohlar xavfsizligini kuchaytirish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilishini ta’kidladi.






























Izohlar 0
…