Bir oy yuvmasdan kiyish mumkin bo‘lgan HercShirt V5.0 futbolkasi taqdim etildi

Ishlab chiqaruvchilarga ko'ra, HercShirt V5.0 Max futbolkasini kamida 30 kun yuvmasdan kiyish mumkin va u sport mashg'ulotlari hamda uzoq safarlarda noxush hid chiqarmaydi. Mato tarkibiga mis, kumush, rux, oltin va vulqon kuli kabi hidni bartaraf etuvchi yettita maxsus element qo'shilgan, qolgan ikki komponent esa tijorat siri hisoblanadi.
Ishlab chiqaruvchilarning ma’lum qilishicha, HercShirt V5.0 Max futbolkasini kamida 30 kun davomida yuvmasdan kiyish mumkin. Aytilishicha, u hatto sport mashg‘ulotlari va uzoq safarlar vaqtida ham noxush hid chiqarmaydi.
Bu samaraga erishish uchun futbolka matosiga hidni bartaraf etuvchi yettita maxsus element qo‘shilgan. Ular qatoriga mis, kumush, rux, oltin va vulqon kuli kiradi. Qolgan ikki komponent esa kompaniyaning tijorat siri hisoblanadi. Ishlab chiqaruvchiga ko‘ra, mis va kumush noxush hid keltirib chiqaruvchi bakteriyalarni yo‘q qiladi, rux terlash natijasida hosil bo‘ladigan birikmalarni neytrallaydi, vulqon kuli esa namlik va tashqi hidlarni, jumladan tutun hidini ham o‘ziga yutadi.
Kompaniya ushbu futbolkani yaratish uchun qariyb 10 yil vaqt sarflaganini ma’lum qildi. Bu davr mobaynida besh xil versiya ishlab chiqilgan va 100 dan ortiq mamlakatdan 10 mingdan ziyod mijozning fikr-mulohazalari inobatga olingan. Aytilishicha, xaridorlardan biri avvalgi modellardan birini 100 kunga yaqin kiyib yurgan va noxush hid bilan bog‘liq muammoga duch kelmagan.

Shu bilan birga, ishlab chiqaruvchilar futbolka changlanishi yoki dog‘ bo‘lishi mumkinligini, shuning uchun uni baribir oddiy kir yuvish mashinasida vaqti-vaqti bilan yuvib turish kerakligini ta’kidlagan.
HercShirt V5.0 Max versiyasining narxi 80 dollar, soddaroq modellar esa 40 dollardan boshlanadi. Kraudfanding loyihasi hozirgacha 274 ming dollardan ortiq mablag‘ to‘plagan. Futbolkalarni yetkazib berish noyabr oyidan boshlanishi rejalashtirilgan.






























Izohlar 0
…