Yig‘ilish emas, ayolning makiyaji internetda qizg‘in muhokamaga sabab bo‘ldi

2026 yil 3 avgust kuni munitsipalitetdagi budjet muhokamasidan keyin foydalanuvchilar yig'ilish masalalaridan ko'ra ma'muriyat rahbari Tasnine xonimning yorqin va noodatiy makiyajiga ko'proq e'tibor qaratdi. Uning surati qisqa vaqt ichida ijtimoiy tarmoqlarda millionlab marta ko'rildi va minglab foydalanuvchilar tomonidan ulashildi.
2026 yil 3 avgust kuni munitsipalitetda navbatdagi budjet muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Tashkilotning rasmiy Facebook sahifasida tadbir haqida hisobot va suratlar e’lon qilinganidan so‘ng esa foydalanuvchilar muhokama qilingan masalalardan ko‘ra ma’muriyat rahbari Tasnine xonimning yorqin va noodatiy makiyajiga ko‘proq e’tibor qaratdi.
Amaldorning surati qisqa vaqt ichida ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalib, millionlab marta ko‘rildi va minglab foydalanuvchilar tomonidan ulashildi. Uning tashqi ko‘rinishi yuzasidan turli fikrlar bildirilib, ijobiy va salbiy izohlar qoldirildi.
Tasnine xonim esa o‘ziga bildirilgan munosabatlarga hazil bilan, shu bilan birga qat’iy tarzda javob qaytardi. U hatto shaxsiyatiga tegadigan va haqoratli izohlar qoldirgan ayrim foydalanuvchilarni sudga berish masalasini ko‘rib chiqayotganini ma’lum qildi.
Biroq tarmoq foydalanuvchilarining aksariyati amaldorni qo‘llab-quvvatladi. Ular uning tashqi ko‘rinishidan ko‘ra, o‘z vazifasini halol va korrupsiyadan xoli bajarishi muhimligini ta’kidlab, “Eng muhimi, uning qanday bo‘yanishi emas, balki halol ishlashidir”, degan fikrlarni bildirishdi.






























Izohlar 0
…