Ozodbek Nazarbekov taronasiga kuyovning keliniga bo‘lgan romantik harakati barchani hayratga soldi (video)

Azizbek to'yda Ozodbek Nazarbekov ijrosidagi “Meni kuchliroq sev” qo'shig'i ostida kelini Azizaxonni mehr bilan raqsga taklif qilib, u bilan birga raqsga tushdi. Aktrisa va boshlovchi Rayhon Ulasenovaning o'g'li Azizbekning to'yi 7 avgust kuni Yakkasaroy to'xyonasida bo'lib o'tdi. Kuyovning keliniga bo'lgan munosabati ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilariga manzur bo'lib, ular yosh kelin-kuyovga baxt va totuv hayot tilashdi.
Aktrisa va boshlovchi Rayhon Ulasenovaning o‘g‘li Azizbekning to‘yi 7 avgust kuni Yakkasaroy to‘yxonasida bo‘lib o‘tdi. Hashamatli to‘ydan olingan qiziqarli videolar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalmoqda.
To‘yda ko‘plab taniqli san’atkorlar ishtirok etib, mehmonlarga unutilmas kayfiyat ulashdi. Jumladan, Rayhon, Dilso‘z, Umidaxon, Malika Ravshanova, Dilnoza Kubayeva, Feruza Normatova, Husnora, Sitora Farmonova, Shoxruhxon, Asal Shodiyeva, Ra’no Shodiyeva, Ziyoda, Farruh Zokirov hamda Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov qatnashdi. To‘yga Nilufar Sotiboldiyeva va Davron Kabulov boshlovchilik qildi.
Marosim davomida ko‘pchilikka tanish va sho‘x taronalar yangrab, mehmonlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi. Kechaning kutilmagan lahzalaridan biri esa Ozodbek Nazarbekovning sahnaga chiqishi bo‘ldi.
U Rayhon Ulasenova bosh rolni ijro etgan klipi bilan mashhur bo‘lgan “Meni kuchliroq sev” qo‘shig‘ini kuyladi. Mazkur tarona yangraganida Rayhon Ulasenova turmush o‘rtog‘i bilan, boshqa mehmonlar esa o‘z juftlari bilan raqsga tushdi.
Biroq ayni paytda kuyov Azizbekning harakatlari barchaning e’tiborini tortdi. Videoda u qo‘shiqni jo‘shqinlik bilan kuylab, kelin Azizaxonga mehr bilan qaragani, uni raqsga taklif qilgani va birgalikda raqsga tushgani aks etgan.
Kuyovning kelinga bo‘lgan munosabati ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilariga ham manzur bo‘ldi. Izohlarda uning kelinni juda qattiq sevishi yaqqol ko‘rinib turgani ta’kidlanib, “Barcha qizlarga shunday sevilish nasib qilsin” mazmunidagi samimiy tilaklar qoldirildi.
Kuzatuvchilar yosh kelin-kuyovga baxt, mehr-muhabbat va totuv hayot tilab, ularning oilaviy hayoti doimo shunday quvonchli va shirin lahzalarga boy bo‘lishini istashdi.






























Izohlar 0
…