Zelenskiyning ultimatumi ish berdimi? Belarusdagi retranslyatorlar o‘chirildi

1 daqiqa o'qish562
Zelenskiyning ultimatumi ish berdimi? Belarusdagi  retranslyatorlar o‘chirildi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning 2026 yil 19 iyun kuni Belarus rahbari Aleksandr Lukashenkoga e'lon qilgan qat'iy ultimatumidan keyin, 22 iyun kuni Ukraina bilan chegaradosh Belarus hududidagi Rossiya dronlarini yo'naltiruvchi maxsus retranslyatorlar o'z faoliyatini to'xtatdi.
  • Berilgan bir haftalik muhlat tugashidan avval sodir bo'lgan bu holatda qurilmalar butunlay demontaj qilingani yoki shunchaki tarmoqdan uzib qo'yilgani hozircha noma'lumligicha qolmoqda.

Ukraina bilan chegaradosh Belarus hududida joylashgan va Rossiya dronlarini Ukrainadagi nishonlarga to‘g‘rilab kelgan maxsus retranslyatorlar (aloqa kuchaytirgich stansiyalari) 22 iyun kuni to‘satdan o‘z faoliyatini to‘xtatdi. Bu haqda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy jurnalistlar bilan uchrashuvda ma’lum qildi.

Bundan bir necha kun oldin Kiyev tomonidan juda jiddiy ogohlantirish yangragan edi. Voqealar rivoji qanday tus oldi? Quyidagi xronikada tanishamiz:

Qat’iy ultimatum

19 iyun, 2026 yil

Vladimir Zelenskiy Belarus rahbari Aleksandr Lukashenkoga rasmiy ultimatum e’lon qildi. Unda Belarusning Ukraina bilan chegaradosh ikki hududida joylashgan Rossiya harbiy retranslyatorlarini olib tashlash uchun to‘liq bir hafta vaqt berildi. Agar talab bajarilmasa, Ukraina javob choralarini ko‘rishidan ogohlantirildi.

Stansiyalarning o‘chishi

22 iyun, 2026 yil

Berilgan muhlat tugashidan ancha avval, chegaradagi barcha retranslyatorlarning signali kutilmaganda yo‘qoldi va ular ishlashdan to‘xtadi.

Demontaj qilindimi yoki shunchaki o‘chirildi?

Hozircha bu qurilmalar butunlay buzib tashlangani yoki shunchaki tarmoqdan uzib qo‘yilgani noma’lum. Vladimir Zelenskiyning aytishicha, Ukraina razvedkasi vaziyatni juda diqqat bilan kuzatib bormoqda va har kuni hisobotlar olmoqda.

«Ularni demontaj qilishganmi yoki yo‘qmi, hozircha bilmayman. Ammo biz bu borada ishlayapmiz va men vaziyatni juda diqqat bilan kuzatib boraman. Fakt shundaki, retranslyatorlar bugungi kunda ishlamayapti», — dedi Ukraina rahbari.

«Moskvaga bosimga moslashishga yordam bermang!»

Zelenskiyning ta’kidlashicha, gap faqatgina dronlarni yo‘naltiruvchi stansiyalar haqida ketmayapti. Belarus hududida hali ham Rossiya harbiy agressiyasiga va uning sanoatiga yaqindan ko‘maklashayotgan bir qancha yirik korxonalar mavjud.

Ukraina tomonining fikricha, bunday yashirin zanjirlar va korxonalar Moskvaga xalqaro sanksiyalar hamda siyosiy bosimlarga moslashib olish imkonini bermoqda. Bu esa mintaqada intizorlik bilan kutilayotgan tinchlikni yanada orqaga suradi.

Nima bo‘lganda ham, Ukraina chegarasi yaqinidagi xavfli qurilmalarning o‘chirilishi — Kiyevning qat’iy pozitsiyasi bergan dastlabki sezilarli natijalardan biri bo‘ldi. Vaziyat keyinchalik qanday tus olishini kuzatishda davom etamiz.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?