5 yoshida xayriya qilgan qiz 13 yildan so‘ng 48 mln dollar yutib barchani hayron qoldirdi

5 yoshida xayriya qilgan qiz 13 yildan so‘ng 48 mln dollar yutib barchani hayron qoldirdi

Kanadadagi Julyet Lamur ismli qizning hayotidagi ikki voqea ijtimoiy tarmoqlarda ko‘p muhokama qilindi.

2010 yilda Gaitida kuchli zilzila yuz berganida Julyet atigi 5 yoshda edi. U singlisi bilan o‘zining pushti rangli ko‘zacha-hamyonini bo‘shatib, yig‘ib qo‘ygan 61,38 Kanada dollarini jabrlanganlarga yordam sifatida bergan. Pul Qizil Xoch jamiyatiga ota-onasi yordamida topshirilgan.

2023 yilda Julyet 18 yoshga to‘lgach, bobosi unga lotereya chiptasi olib ko‘rishni maslahat bergan. Bu uning hayotidagi birinchi chipta edi.

Natija esa kutilmagan bo‘ldi. Julyet 48 million Kanada dollari miqdoridagi jekpotni qo‘lga kiritdi.

U bu yutuq orqali Kanada tarixida shunday katta jekpotni yutgan eng yosh ishtirokchi sifatida qayd etildi.

Ko‘pchilik bu voqeani bolalikda qilingan yaxshilikning yillar o‘tib qaytganiga qiyosladi. Julyetning hikoyasi esa odamlarga kichik yordam ham kimdir uchun katta ahamiyatga ega bo‘lishi mumkinligini eslatdi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar