Dunyoda yashash uchun eng qulay shaharlar ro‘yxati tuzildi!

Monocle jurnali yashash uchun eng qulay shaharlar bo‘yicha yangi reytingni taqdim etdi.
Ro‘yxatning birinchi pog‘onasini Tokio egalladi. Kopengagen ikkinchi, Lissabon esa uchinchi o‘rinda qayd etildi.
O‘ntalikdan Yevropa va Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi yirik shaharlar o‘rin olgan. Ular orasida Vena, Sidney, Syurix, Madrid, Parij, Myunxen va Oslo bor.
Jurnal reytingni tuzishda shaharlardagi yashash sharoitiga ta’sir qiluvchi bir qator omillarni hisobga olgan. Jumladan, transport va shahar infratuzilmasi, xavfsizlik, siyosiy barqarorlik, yashil maydonlar, ovqatlanish maskanlari sifati hamda xarid qilish imkoniyatlari baholangan.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…