Xomanaiy AQSH va Isroilni yangi bayonot bilan ogohlantirdi

Xomanaiy AQSH va Isroilni yangi bayonot bilan ogohlantirdi

Eron oliy rahbari AQSH va Isroilni Islom Respublikasiga qilingan so‘nggi hujumlar uchun javob olishi haqida ogohlantirdi.

U bu haqda o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida yozdi. Xomanaiy bayonotida hujumlar oqibatida halok bo‘lganlarni tilga olib, ular uchun qasos olinishini bildirdi.

"Biz bu ikki urushda halok bo‘lgan barcha shahidlar uchun qasos olishga qasam ichamiz", deb yozgan u.

Xomanaiyning ta’kidlashicha, Eronni kim boshqarishidan qat’i nazar, AQSH va Isroil ushbu hujumlar uchun javob oladi.

Hozircha bayonotdan keyin Eron tomoni qanday choralar ko‘rishi haqida qo‘shimcha ma’lumot berilmagan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar