Hindistonda bir kunlik milliy motam e’lon qilindi

Hindiston hukumati Qatar amirining otasi, mamlakatning sobiq rahbari Shayx Hamad bin Xalifa Ol Soniyning vafoti munosabati bilan 13 iyul kunini bir kunlik milliy motam kuni deb e’lon qildi.
Bu haqda TASS ma’lum qildi.
Rasmiy qarorga ko‘ra, motam kuni davomida mamlakatdagi barcha davlat binolarida Hindiston bayrog‘i yarim ustunga tushiriladi. Shuningdek, shu kuni rejalashtirilgan barcha rasmiy ko‘ngilochar tadbirlar ham bekor qilingan.
Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi ta’ziya bildirib, marhumni Hindistonning yaqin do‘sti va uzoqni ko‘ra oladigan yetakchi sifatida e’tirof etdi. U Shayx Hamad bin Xalifa Ol Soniyning mintaqa taraqqiyoti hamda ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlashdagi xizmatlarini alohida ta’kidladi.
Avvalroq Qatar amiri devoni Shayx Hamad bin Xalifa Ol Soniyning 74 yoshida vafot etganini ma’lum qilgandi. U 1995–2013 yillar davomida Qatarni boshqargan, 2013 yil iyun oyida esa taxtni ixtiyoriy ravishda o‘g‘li — amaldagi amir Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniyga topshirgan. Shundan so‘ng u rasman “Amirning otasi” unvonini olgan.






























Izohlar 0
…