13–17 iyul kunlari harorat 48 darajagacha ko‘tarilishi mumkin

O‘zbekistonda 13–17 iyul kunlari favqulodda issiq ob-havo kuzatilishi kutilmoqda. Prognozlarga ko‘ra, haftaning ayrim kunlarida harorat 46–48 darajagacha ko‘tarilishi mumkin.
Bugun, 13 iyul kuni, respublika hududlarida havo 38–43 daraja atrofida bo‘ladi. Shimoliy, janubiy va cho‘l hududlarida esa harorat 44–45 darajagacha yetishi aytilmoqda.
Hafta davomida tekislik va cho‘l hududlarida jazirama yanada kuchayishi mumkin. Toshkent va Farg‘ona vodiysida eng issiq kunlar juma va shanbaga to‘g‘ri kelishi kutilmoqda.
Qoraqalpog‘istonda esa ehtiyot choralari ko‘rilmoqda. Nukus shahri va yana 8 ta tumanda 13–18 iyul kunlari maktabgacha ta’lim tashkilotlari vaqtincha yopiladi. Bu qaror bolalar xavfsizligi uchun SES tavsiyasi asosida qabul qilingan.
Mutaxassislar bunday ob-havoda kunning issiq vaqtida tashqarida uzoq qolmaslik, ko‘proq suv ichish va bolalar hamda keksa yoshdagilarni ehtiyot qilishni tavsiya etmoqda.
Issiq kunlarda konditsioner va sovitish uskunalari ko‘proq ishlatiladi. Shu sabab elektr energiyasi sarfi oshib, 200 kW limitdan o‘tib ketish ehtimoli ham bor.































Izohlar 0
…