Vetnamda sayyohlar ketayotgan kater ag‘darildi (video)

Vetnamning Fukuok oroli yaqinida sayyohlarni olib ketayotgan tez yurar kater ag‘darilib ketishi oqibatida 15 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Zakon.kz xabar berdi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa vaqtida kater bortida 36 kishi, jumladan 32 nafar hindistonlik sayyoh va 4 nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan.
Fojia Xon Mey Rut Ngoay orolidan taxminan 400 metr uzoqlikda yuz bergan. Hodisadan so‘ng qutqaruv xizmatlari zudlik bilan voqea joyiga yetib borib, yo‘lovchilarni qutqarish ishlarini boshlagan.
Dastlabki tekshiruvlarga ko‘ra, halokatga katerda yuzaga kelgan texnik nosozlik sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Hozirda hodisa yuzasidan rasmiy surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mahalliy rasmiylar qurbonlar va jabrlanganlarning shaxsiga aniqlik kiritish hamda halokat sabablarini to‘liq o‘rganish ishlari davom etayotganini ma’lum qilgan.






























Izohlar 0
…