Vayrona ostidagi 32 soat: 12 yoshli Fabiananing tabassumi internetni larzaga soldi

Venesueladagi zilziladan keyin 12 yoshli Fabiana Blanko vayronalar ostida qolib ketdi. BBC ma’lumotiga ko‘ra, qizaloq taxminan 32 soat davomida suvsiz va yeguliksiz holatda yolg‘iz qolgan.
Qutqaruvchilar uni topish uchun uzoq vaqt harakat qilgan. Nihoyat, vayrona orasidan kichik teshik ochilgan va shu orqali Fabiana bilan aloqa o‘rnatilgan.
Videoda qizaloqning o‘sha teshikdan jilmayib qarab turgani ko‘rinadi. Bu lahza internetda tez tarqalib, ko‘plab foydalanuvchilar tomonidan umid ramzi sifatida baholandi.
Fabiana vayronalar ostida turgan vaqtda telefonidan ham foydalangan. U yaqinlari uning qayerdaligini bilishi va qutqaruvchilar yetib kelishi uchun video yozib qoldirgan.
Qizaloqning tirik topilishi zilzila oqibatlarini yoritayotgan ommaviy axborot vositalarida alohida e’tiborga tushdi. Uning qutqarilish tarixi og‘ir vaziyatda ham umid saqlanib qolishi mumkinligini ko‘rsatdi.































Izohlar 0
…