Fransiyada jazirama sabab favqulodda reja ishga tushirildi

Fransiyada jazirama sabab favqulodda reja ishga tushirildi

Fransiya hukumati mamlakatning g‘arbiy hududlarida kuzatilayotgan kuchli jazirama tufayli ilk bor “Orsec ekstremal issiqlik” favqulodda rejasini ishga tushirdi. Bu haqda Euronews xabar berdi.

Mazkur reja “qizil” darajadagi issiqlik xavfi e’lon qilingan 9 ta departamentda joriy etilgan. Meteorologlar 12 iyuldan boshlab ogohlantirish Parij joylashgan Il-de-Frans mintaqasi bilan birga yana 24 ta departamentga kengaytirilishini ma’lum qilgan.

Odatda toshqin va boshqa yirik tabiiy ofatlar vaqtida qo‘llaniladigan ushbu favqulodda mexanizm bu safar rekord darajadagi issiq ob-havo sabab ishga tushirildi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, yil boshidan buyon Fransiyada 8 mingdan ortiq yong‘in sodir bo‘lib, 25 ming gektardan ziyod hudud yonib ketgan. Shu bois hukumat keksalar va boshqa himoyaga muhtoj fuqarolar uchun sovitish markazlarini ochmoqda, shuningdek, shifoxonalarga minglab konditsionerlar o‘rnatilmoqda.

Sinoptiklarning prognoziga ko‘ra, mamlakatda jazirama 14 iyulga qadar davom etadi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar