Bir soniyalik xato: mashg‘ulot vaqtida pulemyot yo‘riqchi tomon burilib o‘q uzdi ( video)

Rossiya mobil havo mudofaa tizimi ekipajining tayyorgarlik mashg‘uloti aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda muhokama qilinmoqda. Videoda pulemyotchi qurolni boshqarishda nazoratni yo‘qotgani ko‘rinadi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘qchi "YakB-12,7" pulemyotidan o‘q uzgan paytda kuchli tepkini ushlab qola olmagan. Shu sabab qurol bir zumda chetga burilib, yo‘riqchi turgan tomonga qarab ketgan.
Holat xavfli bo‘lgan. Agar qurol yo‘nalishi yana biroz o‘zgarganida, mashg‘ulot fojia bilan yakunlanishi mumkin edi. Yo‘riqchi o‘z vaqtida vaziyatdan chetlashgani aytilmoqda.
Dastlabki taxminlarga ko‘ra, hodisaga faqat inson omili emas, balki uskuna konstruksiyasi ham ta’sir qilgan bo‘lishi mumkin. Pulemyotning kuchli otdachasi va uning qanday o‘rnatilgani xavfsizlikka bevosita ta’sir qiladi.
Rasmiy manbalar hozircha hodisa bo‘yicha batafsil izoh bermagan. Video esa harbiy mashg‘ulotlarda xavfsizlik qoidalari qanchalik muhimligini yana bir bor ko‘rsatdi.































Izohlar 0
…