Peruda 500 dan ortiq chaqaloqqa Holand ismi qo‘yildi

Peruda 500 dan ortiq chaqaloqqa Holand ismi qo‘yildi

2026 yilgi Jahon chempionati kunlarida Peruda tug‘ilgan 500 nafardan ortiq chaqaloqqa Norvegiya terma jamoasi hujumchisi Erling Holand sharafiga ism qo‘yildi. Bu holat ayniqsa musobaqa boshlanganidan keyin ko‘proq kuzatilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatda 468 nafar chaqaloq Holand nomi bilan ro‘yxatdan o‘tgan. Yana 91 nafar bolaga esa to‘liq shaklda Erling Holand ismi berilgan.

Bunday ismlar bilan ro‘yxatga olingan chaqaloqlarning katta qismi Jahon chempionati start olganidan keyin dunyoga kelgan. Norvegiya terma jamoasi Braziliyani mag‘lub etib, chorak finalga yo‘l olganidan so‘ng bu ko‘rsatkich yanada oshgan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar