Endi O‘zbekistonda 10 mindan ortiq maktab Canva platformasidan bepul foydalana oladi

Endi O‘zbekistonda 10 mindan ortiq maktab Canva platformasidan bepul foydalana oladi

Canva O‘zbekiston bilan ta’lim sohasiga oid 20 mln dollarlik grant kelishuvini imzoladi.

Endilikda mamlakatdagi 10 mingdan ortiq maktab Canva for Education platformasidan 3 yil davomida bepul foydalanishi mumkin bo‘ladi.

Platforma darslar uchun turli vizual materiallar tayyorlash, taqdimot va dizaynlar yaratish, o‘quvchilarning ijodiy ishlarini tashkil etishda qo‘llaniladi.

Canva for Education asosan o‘qituvchilar va o‘quvchilarga mo‘ljallangan. U orqali maktablarda zamonaviy raqamli kontent tayyorlash imkoniyati kengayadi.

Kelishuv natijasida O‘zbekistondagi maktablar ta’lim jarayonida Canva imkoniyatlaridan to‘lovsiz foydalanish huquqiga ega bo‘ladi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar