Xitoyda raqs bilan yo‘l ko‘rsatgan 18 yoshli yigit tarmoq yulduziga aylandi

Xitoydagi savdo markazlaridan birida ishlaydigan 18 yoshli avtoturargoh xodimi o‘zining g‘ayrioddiy mehnat uslubi bilan ijtimoiy tarmoqlarda mashhur bo‘ldi. Kasb-hunar kolleji talabasi bo‘lgan yigit mashinalar harakatini oddiy ishoralar bilan emas, ko‘cha raqsiga xos harakatlar orqali boshqaradi.
U avtoturargohga kirib kelgan har bir haydovchini ko‘tarinki kayfiyatda kutib olib, avtomobillarga qayerga harakatlanish kerakligini raqs bilan ko‘rsatadi. Bu jarayon aks etgan videolar tarmoqlarda tarqalgach, ko‘plab foydalanuvchilar uning harakatlariga qiziqish bildirdi.
Yigit savdo markazida faqat yakshanba kunlari yarim stavkada ishlaydi. Uning aytishicha, bu ishni mehnatning qadrini tushunish, ish jarayonidagi qiyinchiliklarni his qilish va o‘zini chiniqtirish uchun tanlagan.
U shuningdek, mehmonlarda o‘z shahri aholisi haqida iliq taassurot qoldirishni istaydi. Hozir ayrim odamlar savdo markaziga nafaqat xarid uchun, balki yigitning raqsini tomosha qilish maqsadida ham kelmoqda.































Izohlar 0
…