Istanbuldagi daydi itning bolasi uchun qilgan harakati tarmoqlarda ko‘pchilikni ta’sirlantirdi

Istanbulda sovuqdan behush bo‘lib qolgan kuchukchasini veterinariya klinikasiga olib kelgan daydi itning videosi keng muhokama qilinmoqda. Ona it bolasini og‘zida ko‘tarib, xuddi yordamni qayerdan olishni bilgandek, klinika eshigi oldiga kelgan.
Kuchukcha birinchi qarashda nafas olmayotgandek va jonsizdek ko‘ringan. Veterinarlar uni darhol tekshirib, yuragi juda sekin urayotganini payqagan. Vaqtni boy bermasdan, uni isitish va hayotiy ko‘rsatkichlarini tiklash uchun zarur muolajalar boshlangan.
Shifokorlarning harakati besamar ketmadi. Bir muddatdan so‘ng kuchukcha o‘ziga kelgan va uning ahvoli barqarorlashgan. Bolasini klinikaga olib kelgan ona it esa tashqarida kutib, u yerdan uzoqlashmagan.
Bu lavha ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgach, ko‘pchilik ona itning harakatini hayrat bilan qabul qildi. Izohlarda odamlar uning bolasini qutqarish uchun to‘g‘ri joyga kelganini alohida ta’kidlamoqda.































Izohlar 0
…