Shahzoda Muhammedova dugonasi yuborgan qimmatbaho brend sovg‘alarni birma-bir ochib ko‘rsatdi (video)

Aktrisa, dizayner va boshlovchi Shahzoda Muhammedova ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida dugonasidan kelgan qimmatbaho sovg‘alarni ochish jarayonini kuzatuvchilari bilan bo‘lishdi.
Video ostida u quyidagi izohni qoldirdi:
"Dugonam shopping qilish kasali. Men esa eskiz chizib, o‘zim tikib, yangi narsa yaratishdan zavq olaman. Rahmat, o‘rtog‘im, mehring uchun. Yaxshi kunlaringda qaytaray."
Videoda Shahzoda dugonasi yuborgan sovg‘alarni birma-bir ochar ekan, mashhur brendlarga unchalik qiziqmasligini ham alohida ta’kidlab o‘tdi. U avvalo sovg‘alar orasidagi nafis guldastani ko‘rsatib, bu kutilmagan e’tibordan juda quvonganini yashirmadi.
Shundan so‘ng u Dior, Chanel, Karl Lagerfeld kabi dunyoga mashhur brendlarga mansub parfyumeriyalar, sumka hamda Dior brendining tarixi haqida hikoya qiluvchi kitobni namoyish etdi. Boshlovchining aytishicha, ushbu sovg‘alar dugonasi tomonidan Dubaydan yuborilgan.
Sovg‘alarni ochish davomida Shahzodaning quvonchi va hayajoni yuz-ko‘zidan yaqqol sezilib turdi. Videoning yakunida u hazil tariqasida:
"Men ham shu ketishda brendlarga qiziqib ketaman shekilli," — deya kulib qo‘ydi.
Mazkur video kuzatuvchilar tomonidan iliq kutib olinib, izohlarda dugonalar o‘rtasidagi samimiy munosabat va qimmatbaho sovg‘alar e’tirof etildi.






























Izohlar 0
…