Uchqun Tillayevning hali ham yechmaydigan, Prezident sovg‘asi bo‘lgan galstuk ortidagi haqiqat!

Uchqun Tillayevning hali ham yechmaydigan, Prezident sovg‘asi bo‘lgan galstuk ortidagi haqiqat!

O‘zbekiston xalq artisti Uchqun Tillayev intervyulardan birida Prezident Shavkat Mirziyoyevdan olgan qadrli sovg‘asi haqida so‘zlab berdi. U davlat rahbari taqdim etgan galstukni faqat alohida tadbirlarda taqishini, qolgan vaqtda esa asrab-avaylab saqlashini aytdi.

Voqea muhim tadbir arafasida yuz bergan. Tayyorgarlik va repetitsiya uchun vaqt qolmagan paytda Shavkat Mirziyoyev Uchqun Tillayevni yoniga chaqirib, undan ishonchni oqlay olish-olmasligini so‘ragan. San’atkor "Ishonchingizni oqlayman", deb javob bergan.

Shundan keyin Prezident uning galstugiga e’tibor qaratib, rangi unga unchalik yoqmayotganini bildirgan. Uchqun Tillayev xuddi davlat rahbari taqqan galstuk rangidagisini topish mumkinmi, deb so‘raganida, Shavkat Mirziyoyev bir zum o‘ylab, bo‘ynidagi galstukni yechib bergan.

"Shuni taqib chiqsang, qo‘rqmay gapirasan", degan u.

San’atkor sovg‘ani olishga xijolat bo‘lganini yashirmadi. Prezident esa "Galstuk nima bo‘libdi, kerak bo‘lsa Vatan uchun jonimni beraman", degan. Uchqun Tillayev bu gapni hanuz unutmaganini aytdi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar