Rossiyada silovsinni bezovta qilgan o‘zbekistonlik jarimaga tortildi

Rossiyada silovsinni bezovta qilgan o‘zbekistonlik jarimaga tortildi

Rossiyaning Chelyabinsk shahrida hayvonlar boshpanasi hududiga ruxsatsiz kirib, silovsinni bezovta qilgan O‘zbekiston fuqarosi ma’muriy javobgarlikka tortildi. Bu haqda mahalliy OAV xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, voqea «Meni qutqar» nomli hayvonlar boshpanasida sodir bo‘lgan. Erkak qo‘riqlanadigan hududga noqonuniy ravishda kirgan. Shundan so‘ng boshpana rahbariyati qo‘riqlash xizmati va 112 tezkor xizmatiga murojaat qilgan.

Hodisa joyiga yetib kelgan qo‘riqlash xizmati xodimlarining ma’lum qilishicha, erkak o‘zini «Interpol payvandchisi» deb tanishtirgan hamda uni qo‘lga olgan xodimlar keyinchalik jiddiy muammolarga duch kelishini aytgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarosi boshpana hududiga o‘z sherigini izlab kelgan. Shuningdek, uning spirtli ichimlik ta’sirida bo‘lgani qayd etilgan.

Politsiya 1982 yilda tug‘ilgan erkakka nisbatan Rossiya Federatsiyasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 20.1-moddasi — «mayda bezorilik» bo‘yicha bayonnoma rasmiylashtirdi.

Sud qaroriga muvofiq, u 500 rubl miqdorida jarimaga tortildi. Shu bilan birga, erkak Rossiya hududida qonuniy asosda yashab kelayotgani ma’lum qilindi.

Boshpana egasi Karen Dallakyanning aytishicha, hodisadan keyin Marusya laqabli silovsin qattiq stress holatiga tushgan.

«Bu voqeadan keyin Marusya juda kuchli stressni boshdan kechirdi. Bu biz uchun achinarli holat bo‘ldi», dedi u.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar