Sirdaryoda yong‘in: uchta do‘kon zarar ko‘rdi

Sirdaryoda yong‘in: uchta do‘kon zarar ko‘rdi

Bugun, 29 iyul kuni Sirdaryo viloyatining Sirdaryo tumanida joylashgan savdo do‘konlarida yong‘in sodir bo‘ldi. Holat yuzasidan viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi rasmiy ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, soat 12:22 da “112” yagona dispetcherlik xizmatiga Sirdaryo tumani “Yoshlik” MFY, O‘zbekiston shox ko‘chasida joylashgan do‘konda yong‘in yuz bergani haqida xabar kelib tushgan. Shundan so‘ng hodisa joyiga uchta yong‘in-qutqaruv ekipaji zudlik bilan yetib borib, olovni soat 13:00 ga kelib to‘liq bartaraf etgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in oqibatida bir-biriga tutash joylashgan uchta do‘konning qariyb 80 kvadrat metr maydoni yonib zararlangan. Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar qayd etilmagan.

Ayni paytda yong‘inning kelib chiqish sabablari va yetkazilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Voqea joyida viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi rahbariyati, mas’ul xodimlar hamda tegishli xizmatlar tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar