Britaniyalik erkak bir daqiqada 15 ta baliq tayoqchasini yeb rekord o‘rnatdi

Britaniyalik erkak bir daqiqada 15 ta baliq tayoqchasini yeb rekord o‘rnatdi

Britaniyalik 32 yoshli Neytan Devis o‘z farzandlari eng yaxshi ko‘radigan taomlardan biri orqali Guinness World Records sahifasidan o‘rin olishga muvaffaq bo‘ldi. U bir daqiqa ichida 15 ta baliq tayoqchasini iste’mol qilib, yangi jahon rekordini o‘rnatdi.

Ma’lum qilinishicha, Neytan Devis yaqinda mashhur The 1% Club televizion intellektual shouida ishtirok etib, 130 ming dollardan ortiq mablag‘ni qo‘lga kiritgan. U dastur boshlovchisi Li Makka navbatdagi maqsadi Ginness rekordini o‘rnatish ekanini aytgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, baliq tayoqchalarini yeyish bo‘yicha rekord o‘zi uchun eng maqbul tanlov bo‘lgan. Chunki u avval ham tez ovqat yeyish bilan bog‘liq norasmiy rekordlarga qiziqib kelgan va bu kabi sinovlar unga yaqin ekanini ta’kidlagan.

Neytan belgilangan bir daqiqa davomida 15 ta baliq tayoqchasini yeb tugatishga muvaffaq bo‘ldi va shu tariqa bir daqiqada eng ko‘p baliq tayoqchasini iste’mol qilgan inson sifatida rasman Ginness rekordlari kitobiga kiritildi.

Rekordchi bu natija haqida hazilomuz tarzda fikr bildirib, jahon rekordi sohibi bo‘lganidan faxrlanishini, ammo uning aynan baliq tayoqchalari bilan bog‘liq ekani biroz g‘alati tuyulishini aytdi. Shuningdek, agar tayoqchalar biroz sovuganida, yanada ko‘proq yeyishi mumkinligini, biroq eng muhimi rekordni qo‘lga kiritganidan mamnun ekanini ta’kidladi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar