Fransiyadagi kuchli o‘rmon yong‘inlari 100 dan ortiq uyni kulga aylantirdi

Fransiyaning janubi-g‘arbida joylashgan Le Porge shahrida yuz bergan yirik o‘rmon yong‘inlari katta talafot keltirdi. Kuchli olov oqibatida 100 dan ortiq turar joy yonib kul bo‘ldi, yong‘in esa o‘rmonzorlar va keng tabiiy hududlarga tarqaldi.
Yong‘inni jilovlash uchun minglab o‘t o‘chiruvchilar safarbar etilgan. Shuningdek, maxsus texnikalar, yong‘in o‘chirish samolyotlari va vertolyotlar ham jalb qilingan.
Aholi xavfsizligini ta’minlash maqsadida qariyb 220 ming kishi xavfli hududlardan evakuatsiya qilindi. Hozircha yong‘in oqibatida halok bo‘lganlar yoki jabrlanganlar haqida rasmiy ma’lumot berilmagan.
Mutaxassislar yong‘inning qisqa fursatda keng maydonga tarqalishiga kuchli jazirama, uzoq davom etgan qurg‘oqchilik hamda shamolli ob-havo asosiy omil bo‘lganini ta’kidlamoqda.






























Izohlar 0
…