Futbol yulduzlari Neymar va Messi Venesueladagi kuchli zilziladan jabrlanganlarga yordam berdi

Braziliyalik futbolchi Neymar Venesueladagi ikki kuchli zilziladan jabrlanganlarga yordam berish uchun 250 ming dollar xayriya qildi. Mablag‘ oziq-ovqat, ichimlik suvi, dori-darmon va vaqtinchalik boshpana bilan ta’minlash ishlariga yo‘naltirilishi aytilgan. Futbolchi ijtimoiy tarmoqda Venesuela xalqi bilan birga ekanini bildirdi.
Lionel Messining rafiqasi Antonela Rokkutsso ham jabrlanganlarni qo‘llab-quvvatlash uchun xalqaro xayriya tashabbusini targ‘ib qildi. U kuzatuvchilarini yordam jamg‘armasiga mablag‘ o‘tkazishga chaqirdi.
Kampaniya orqali to‘plangan mablag‘ iyun oxirida 5 million dollardan oshgan. Bu pul Messi oilasining shaxsiy xayriyasi emas, balki ko‘plab insonlar bergan umumiy mablag‘ hisoblanadi.































Izohlar 0
…