Hind aktrisasi Madhuri Dikshit umr yo‘ldoshi Shriram Nene bilan (foto)

Madhuri Dikshit va taniqli yurak-qon tomir jarrohi doktor Shriram Nene 1999 yilda oila qurgan va bu yil turmush qurganlariga 27 yil to'ldi. Ular ikki nafar o'g'ilning ota-onasi bo'lib, ilk bor AQSHda tanishgan. Shriram Nene o'sha paytda Madhuri Dikshitning mashhur aktrisa ekanini bilmagan, keyinchalik esa uning filmlarini birin-ketin tomosha qilgan.
Bollivudning mashhur aktrisasi Madhuri Dikshit turmush o‘rtog‘i, taniqli yurak-qon tomir jarrohi doktor Shriram Nene bilan 1999 yilda oila qurgan. Ular bugungi kunda ikki nafar o‘g‘il farzandning ota-onasi bo‘lib, bu yil turmush qurganlariga 27 yil to‘ldi.
Qiziq tomoni shundaki, juftlik ilk bor AQSHda tanishgan. O‘sha paytda Shriram Nene Madhuri Dikshitning Hindistonning eng mashhur aktrisalaridan biri ekanini umuman bilmagan. Sababi u tibbiyot sohasidagi faoliyati tufayli doimo o‘qish va ish bilan band bo‘lib, deyarli hind filmlarini tomosha qilmagan. Hatto o‘sha vaqtda u bilgan yagona hind aktyori Amitabh Bachchan bo‘lgan.
Keyinchalik Madhuri bilan yaqinlashgach, Shriram Nene aktrisaning ijrosidagi filmlarni birin-ketin tomosha qilib chiqqan. Hozirda ularning ikki o‘g‘li ta’lim va kasbiy faoliyati sabab AQSHda istiqomat qiladi. Shriram Nene ham uzoq yillar Amerikada yashagan bo‘lsa-da, Madhuri Dikshit Bollivuddagi faoliyatini davom ettirish uchun Hindistonga qaytgach, turmush o‘rtog‘i ham u bilan birga Hindistonda yashashni tanlagan.
Bugungi kunda Madhuri Dikshit va Shriram Nene Bollivuddagi eng mustahkam va havas qilsa arzigulik juftliklardan biri sifatida e’tirof etiladi.































Izohlar 0
…