43 talabaning o‘limi: sobiq hokim qo‘lga olindi

Meksikaning Gerrero shtati sobiq gubernatori Anxel Agirre 2014 yilda bedarak yo'qolgan 43 nafar talaba ishiga oid muhim dalillarni yo'q qilishni buyurganlikda gumon qilinib qo'lga olindi. Bosh prokuror Ernestina Godoy Agirre odil sudlovga to'sqinlik qilish hamda majburiy yo'qolish jinoyatlarida gumon qilinayotganini ma'lum qildi.
Meksikaning Gerrero shtati sobiq gubernatori Anxel Agirre 2014 yilda bedarak yo‘qolgan 43 nafar talabaning ishiga oid muhim dalillarni yo‘q qilishni buyurganlikda gumon qilinib qo‘lga olindi. Bu haqda mamlakat Bosh prokurori Ernestina Godoy ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Agirre odil sudlovga to‘sqinlik qilish hamda majburiy yo‘qolish jinoyatlarida gumonlanmoqda. Sobiq gubernator esa avvalroq o‘ziga nisbatan bildirilgan ayblovlarni rad etgan.
Mazkur voqea Meksika tarixidagi inson huquqlari bilan bog‘liq eng yirik fojialardan biri hisoblanadi. Xalqaro tergovlar xulosasiga ko‘ra, Ayotsinapa pedagogika kollejining 43 nafar talabasi Mexikodagi namoyishga yo‘l olgan vaqtda uyushgan jinoiy guruh a’zolari va politsiya xodimlari til biriktirib o‘ldirilgan. Hozirgacha faqat 3 nafar talabaning jasadi aniqlangan, qolganlarining taqdiri esa hanuz noma’lum.
Bosh prokurorning ma’lum qilishicha, joriy yilning yanvar va may oylarida olingan ikki nafar shaxs, jumladan himoya ostidagi guvohning ko‘rsatmalari Agirre talabalar yo‘qolgan tunga oid dalillarni yo‘q qilish masalasida yuqori lavozimli amaldorlar bilan yig‘ilish o‘tkazgan bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatgan. Tergov manfaatlarini inobatga olgan holda yig‘ilish tafsilotlari hozircha oshkor etilmagan.
Godoyning ta’kidlashicha, yangi dalillar sobiq gubernator talabalarning taqdirini aniqlashga yordam berishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlarni yo‘q qilishda ishtirok etgan bo‘lishi ehtimolini tasdiqlagan. Meksika qonunchiligiga ko‘ra, shu sabab gumonlanuvchining familiyasi rasmiy bayonotlarda «N» harfi bilan berilmoqda.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, avval shtat hokimiyati talabalar harakatlangan avtobuslarni tasvirga olgan kuzatuv kameralari yozuvlari mavjud emasligini bildirgan. Biroq avval tahdidlar tufayli sukut saqlagan guvoh joriy yilda tergov bilan hamkorlik qilishga rozilik bildirgan.
Mustaqil ekspertlar xalqaro fanlararo guruhi a’zosi Anxela Buitragoning aytishicha, ushbu tergov yo‘nalishi 2015 yilning o‘zidayoq aniqlangan edi. Uning fikricha, yangi ma’lumotlar davlat idoralari ushbu jinoyatga aloqador bo‘lgani haqidagi avvalgi xulosalarni yanada mustahkamlaydi.
Qayd etilishicha, 2012–2018 yillarda Meksika prezidenti bo‘lgan Enrike Penya Netoning matbuot xizmati hozircha mazkur holat yuzasidan izoh bermagan.






























Izohlar 0
…