Aqshga tug‘ish uchun borish endi fuqarolik berasligi mumkin

Aqshga tug‘ish uchun borish endi fuqarolik berasligi mumkin
Qisqacha

AQSH prezidenti Donald Tramp tug'ilish orqali fuqarolik olish tartibini cheklash va “tug'ruq turizmi”ga qarshi kurashish bo'yicha ikkita yangi farmonni imzoladi. Tashabbus AQSHga asosan farzand tug'ib, chaqaloqqa avtomatik ravishda Amerika fuqaroligini olish maqsadida keladigan xorijliklar, jumladan surrogat onalik holatlari ustidan nazoratni kuchaytirishni nazarda tutadi.

AQSH prezidenti Donald Tramp mamlakatda tug‘ilish orqali fuqarolik olish tartibini cheklash hamda so‘nggi yillarda ko‘p muhokama qilinayotgan “tug‘ruq turizmi”ga qarshi kurashni kuchaytirishga qaratilgan ikkita yangi farmonni imzoladi. Yangi tashabbus xorijliklar tomonidan AQSH hududida farzand dunyoga keltirish orqali bolaga avtomatik ravishda fuqarolik olish amaliyotini cheklashga qaratilgani bilan ahamiyatli hisoblanmoqda.

Ma’lum qilinishicha, yangi tartib AQSHga asosan farzand tug‘ish va shu yo‘l bilan chaqaloqqa Amerika fuqaroligini olish maqsadida keladigan chet el fuqarolariga nisbatan nazorat choralarini kuchaytirishni nazarda tutadi. Shuningdek, mazkur talab aynan shu maqsadda amalga oshiriladigan surrogat onalik holatlariga ham tatbiq etilishi belgilangan.

Ma’lumot uchun, AQSH Konstitutsiyasining 14-tuzatishi mamlakat hududida tug‘ilgan va AQSH yurisdiksiyasiga bo‘ysunadigan shaxslarga fuqarolik berilishini nazarda tutadi. Donald Tramp esa ushbu tartibni bir necha bor tanqid qilib kelgan va uni cheklash zarurligini ta’kidlab, bu borada qator tashabbuslarni ilgari surgan.

Yangi farmonlar aynan tug‘ilish orqali fuqarolik olish amaliyotiga nisbatan davlat siyosatidagi yondashuvni yanada qat’iylashtirishga qaratilgan navbatdagi qadam sifatida baholanmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar