PPX xodimining jasorati: Toshkentda cho‘kayotgan 13 yoshli bola qutqarildi

PPX xodimining jasorati: Toshkentda cho‘kayotgan 13 yoshli bola qutqarildi
Qisqacha

Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida PPX xodimi Rasul Jo'rayev Bo'rijar kanalida cho'kayotgan 13 yoshli bolani qutqarib qoldi. U suv oqimida yordamga muhtoj bolani payqab, bir zum ham ikkilanmay suvga tushgan va yaqin atrofdagi fuqaro bilan birga uni sog'-salomat olib chiqqan. Hodisa joyiga mas'ul xizmatlar yetib kelib, bolaga zarur yordam ko'rsatgan, uning hayotiga xavf yo'qligi bildirilgan.

Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida xizmat vazifasini bajarayotgan PPX xodimi Rasul Jo‘rayev cho‘kayotgan 13 yoshli bolani qutqarib qolishga muvaffaq bo‘ldi.

Ma’lum qilinishicha, u Bo‘rijar kanalida suv oqimida yordamga muhtoj bo‘lib qolgan bolani payqab, bir zum ham ikkilanmay o‘zini suvga tashlagan. Yaqin atrofdagi yana bir fuqaro bilan hamkorlikda olib borilgan tezkor harakatlar natijasida bola suvdan sog‘-salomat olib chiqilgan.

Hodisa joyiga zudlik bilan mas’ul xizmatlar yetib kelgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bolaga zarur yordam ko‘rsatilgan va uning hayotiga xavf yo‘qligi bildirilmoqda.

PPX xodimining jasorati va fidoyiligi ijtimoiy tarmoqlarda ham e’tirof etilib, ko‘plab foydalanuvchilar uning tezkorligi tufayli yana bir inson hayoti saqlab qolinganini ta’kidlamoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar